🔑 Akkauntga qanday kirish kerak?

Kirish sahifasida ikkita narsa so'raladi: telefon raqamingiz va parolingiz.

1Telefon raqamni kiriting

Ro'yxatdan o'tganingizda ko'rsatgan telefon raqamni yozing — bo'sh joysiz, to'liq.

2Parolni ehtiyotkorlik bilan yozing

Parolda katta va kichik harflar farq qiladi. Yozishdan oldin Caps Lock o'chganiga ishonch hosil qiling — batafsili "Katta va kichik harflar" sahifasida.

3Parolni ko'rish (xato bo'lsa tekshirish uchun)

Parol maydonining yonida ko'z 👁 belgisi bor. Shuni bossangiz, yozgan parolingiz ko'rinadi — shu orqali xato harf yozmaganingizni tekshirib ko'ring.

⚠️ "Parol noto'g'ri" yoki "Telefon raqam noto'g'ri" chiqsa

Avval Caps Lock ni tekshiring. Agar parolni umuman eslay olmasangiz, sahifadagi ko'rsatma bo'yicha administratorga murojaat qiling — parolingizni yangilab berishadi. Boshqa odamning akkauntidan foydalanmang, bu taqiqlangan va akkaunt bloklanishiga sabab bo'ladi.

← Orqaga
Hali ham kira olmayapsizmi? Telegramdan @Jiimpact ga yozing — yordam beramiz.