Bu odatiy holat — hech narsa buzilmagan. Xabar turiga qarab qanday harakat qilish kerakligini bilib oling.
Agar bu ilovaning o'zi so'rayotgan bo'lsa (masalan, mikrofonga ruxsat — speaking bo'limi uchun), "Ruxsat berish" / "Allow" tugmasini bosing. Ruxsat bermasangiz, ilovaning o'sha qismi ishlamaydi.
Oynaning yuqori burchagida (odatda o'ng tomonda) kichkina ✕ belgisi bor — shuni bosing, oyna yopiladi. Ichidagi tugmalarni bosishga shoshilmang.
Klaviaturada F5 tugmasini bosing — yoki brauzer tepasidagi aylana strelka (yangilash) belgisini bosing. Sahifa qayta yuklanadi va odatda muammo shu bilan hal bo'ladi.
Hech narsani bosaverishga shoshilmang. Ekranning skrinshotini oling (yoki shunchaki nima yozilganini eslab qoling) va pastdagi tugma orqali yozib yuboring.